Ideallashtirish




Ideallashtirish (yun. ideya soʻzi-dan) — 1) badiiy ijodda biror narsa hodisa, voqea va shaxsni aslidagidan koʻra mukammalroq tasavvur qilish, tasvirlash. Mas, Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonidagi Farhod, Shirin; Abdulla Qodiriyning "Oʻtgan kunlar" romanidagi Otabek, Kumush obrazlari; 2) aslida boʻlmagan, lekin mavjud olamda timsoli bor boʻlgan (mas, absolyut kora jism, ideal gaz va b.) obʼyektlar, jarayonlar va hodisalar haqidagi tushunchalarni fikran modellash. I. qonunlarni taʼriflash, hayotiy jarayonlarning mavhum shakllarini tuzish imkonini beradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz