IDEAL SUYUQLIK



IDEAL SUYUQLIK – go’yoki mutlaq yopishqoqlik, qisilish va issiqlik o’tkazuvchanlik xossasiga ega bo’lmagan suyuqlik; suyuqliklarning ideallashtirilgan modeli. Kichik tezlikda oqadigan suyuqliklarga doir tushuncha. Ideal suyuqlik gidromexanika va aerodinamikasi keng qo’llaniladi. Yopishqoklik va boshqa xossalar asosiy omillar deb qaralmaydigan va ularni hisobga olmaslik mumkin bo’lgan nazariy ishlarda, Real Suyuqliklar va gazlarning harakatiga doir ba’zi masa lalarni yechishda Ideal suyuqlik tushunchasidan foydalaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz