Ideal shahar loyihasi




Ideal shahar loyihasi - Uygʻonish davrida Italiya meʼmorlari tomonidan yaratilgan. Mil. av. 1-asr ning 2-yarmida yashagan Rim meʼmori va muqandisi Vitruviyning yunon va qad. Rim meʼmorlari tajribalarini umumlashtirib yozgan "Meʼmorlik haqida oʻn kitob" risolasiga rioya qilib, oʻz davrida ilm va texnika yutuklariga, davr estetik ideallariga tayanib I.sh.l. ni yaratdilar (1450—1615). Loyihalarda shahar xududini turar joy, maʼmuri-yat, savdo, i. ch., jamoat majmualariga ajratib qurish, shaharliklarni kasbikori, tabaqasiga ajratib joylashtirish koʻzda tutilgan. I.sh.l. ga rioya qilib Terra del Sole (1564), La Valetta sh. (1566) va Palma Nuova (1593— 95) qalʼalari, Grammikele sh. (1693) va b. bir necha shaharcha qurilgan.

Sharqda Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Nizomiy, Saʼdiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va b. oʻz ijodida I.sh.l. masalasiga toʻxtalgan. Forobiyning "Ideal shahar aholisining maslagi" asarida "Haqiqiy baxtga erishish maqsadida oʻzaro yordam qiluvchi qismlarni birlashtirgan shahar ideal shahardir, baxtga erishish maqsadida birlashgan kishilar jamoasi ideal jamoadir. Baxtga erishish maqsadida oʻzaro yordam bergan xalq ideal xalqdir", deyilgan. I. sh. l. da ilgari surilgan asosiy gʻoyalar, koʻzda tutilgan muhim maqsadlar keyingi davrlar meʼmorlik sanʼatida muhim ahamiyat kasb etdi. Shaharlarni aholiga qulay, koʻkalamzor, zonalarga ajratish va sh. k. fikrlar keyingi asrlar meʼmorlari loyihalarida rivojlantirildi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Ideal shahar loyihasi – bu insonlarning yashash sharoitlarini yaxshilash, tabiiy muhitni muhofaza qilish va iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishni ta'minlash maqsadida yaratiladigan eng yaxshi arxitektura va shaharsozlik konsepsiyasidir. Quyida ideal shahar loyihasining asosiy jihatlari haqida batafsil ma'lumot beraman.

1. Barqarorlik va ekologiya

Ideal shahar loyihasi ekologik muvozanatga asoslangan bo‘lishi kerak. Bu quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:

2. Infratuzilma va transport

Shaharda yuqori sifatli infratuzilma bo‘lishi kerak:

3. Arxitektura va dizayn

Shaharning arxitekturasi estetik jihatdan yoqimli va funktsional bo‘lishi kerak:

4. Ijtimoiy imkoniyatlar

5. Ekonomik rivojlanish

Misol uchun, ideal shahar loyihasi "smart city" (aqlli shahar) texnologiyalarini ham o‘z ichiga olishi mumkin. Bu shahar sensorlar, ma'lumotlar tahlili va avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida yanada samarali boshqariladi.


Ideal shahar loyihasi insonlarning hayot sifatini oshirishga qaratilgan uzoq muddatli va kompleks yondoshuvdir. Bunday loyiha har bir shaharning xususiyatlarini hisobga olib ishlab chiqilishi lozim, chunki har bir hududning tabiiy, ijtimoiy va madaniy sharoitlari har xil bo‘ladi.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz