IDALGO



IDALGO (ispancha hidalgo) — o’rta asrlarda Ispaniyadagi ritsarlarning mayda va o’rta tabaqasi. “Idalgo” istilohi 12-asrning oxirida paydo bo’lgan. Rekonkista davrida Idalgolar muhim harbiy kuch sanalgan. 15-asrdan Idalgolar qashshoqlasha boshlagan. 16-asrda Idalgolar Amerika qit’asini bosib olishda — konkistala faol ishtirok etganlar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz