Ida Bailey Allen




Ida Cogswell Bailey Allen (1885-yil 30-yanvar — 1973-yil 16-iyul) amerikalik oshpaz va yozuvchi boʻlib, bir vaqtlar xalq orasida „Millatning uy bekasi“ nomi bilan tanilgan. 50 dan ortiq oshxona mavzusida kitoblar yozgan. Allenning antiqa ovqat kitoblarini mutaxassislar Patricia Edwards va Peter Peckham „haqiqiy boylik“ deb taʼriflagan.

Tarjimai holi



Allen 1885-yilda AQSHning Konnektikut shtati Danielson shahrida tugʻilgan.

Faoliyati



1924-yildan boshlab Allen Sunday New York American gazetasining oziq-ovqat sahifasi muharriri boʻlib ishladi. 1928-yilga kelib Allen ikki soatgacha kengaygan muntazam kunduzgi radio shousini olib bordi. U nafaqat shouda ishtirok etdi, balki oʻz mahsulotlarini tayyorladi va sotdi. Allen bitta kompaniya shouga homiylik qilishdan koʻra reklama orqali mahsulot sotishni afzal koʻrgan. Radiodagi faoliyati 1932-yilda tugadi. Soʻng Columbia Broadcasting Systemda yana bir pazandachilik shousini boshladi. Allen televideniyaning birinchi ayol oshpazi boʻldi.

Bailey Allen Good Housekeeping jurnalining muharriri boʻlib, „Three Meals a Day“ maqolasini yozgan. Shuningdek, Pictory Review va Womanʼs World jurnallarining iqtisodiyot boʻlimi muharriri boʻlgan. Allen Milliy radio klubining prezidenti va asoschisi boʻlgan.

Bir paytlar Allen New York shahridagi Madison Avenue uyida yashagan. U yerga tashrif buyuruvchilar yaʼni Allenning xodimlari ovqat pishirish uchun yangi retseptlar ishlab chiqishlari va sinab ko‘rishlari mumkin edi. 1932-yilda Allen Coca-Cola uchun yozgan "When You Entertain" nomli reklama kitobi shu qadar mashhur boʻlganki, olti oy ichida 375 000 nusxa sotilgan.

Oʻlimi



Allen 1973-yil 16-iyulda Konnektikut shtatining Norvalk shahrida vafot etgan.

Nashr etilgan asarlari




Bu Allenning nashr etilgan asarlarining qisman roʻyxati.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz