Id, ego va super-ego
Id ,
ego va
super-ego Sigmund Freud'ning psixika tarkibiy modelida aniqlangan psixik apparatning qismlaridir; bu uch nazariy qurilmalarning faolligi va oʻzaro munosabati orqali ruhiy hayot tasvirlanadi. Psixikaning ushbu modeliga binoan
id — koordinatsiyalashmagan instinktiv mayl;
ego — koordinatsiyalashgan, realistik qism;
super-ego esa tanqidiy va maʼnaviy rol oʻynaydi.
Bu model tarkibiy va apparat xaritasi boʻlsa-da, id, ego va super-ego miya qismi emas, balki ong funksiyalaridir hamda haqiqiy somatik tuzilmalarga mos kelmaydi.
Bu konseptlar Freud tomonidan 1920-yillarda taklif etilgan va shu kunga qadar boshqa ruhshunoslar tomonidan ishlatilib kelinmoqda.
Manbalar
uz.wikipedia.org