Ichki tekisliklar




Ichki tekisliklar - Janubiy Amerikaning And togʻlari, Braziliya yassitogʻligi va Patagoniya oraligʻidagi (10° dan 39° j.k.gacha) meridian boʻylab joylashgan botiklar sistemasi. Tarki-biga Mamore, Pantanal, Granchako, Pampa tekisliklari va Ikki dare oraligʻi kiradi. Asosan, akkumulyativ (bal. sharqida 50 m dan 70 m gacha, gʻarbida 500—600 m gacha) tekisliklardan iborat. Qalin delyuvial-allyuvial yotqi-ziqlardan tuzilgan, baʼzi yerlarida bal. 200—1400 m li qattiq jinslardan iborat tepaliklar uchraydi. Janubiy qismida lyoss qatlamlari keng tarqalgan. Landshaftning zonal tiplari harak-terli, shimolida subekvatorial savanna va savanna oʻrmonlari tropik siyrak oʻrmonlar orqali subtropik savanna, preriya va dashtlarga oʻtib boradi. Paragvay va Parana daryolari boʻylab botqoqlashgan oʻrmonlar mintaqasi mavjud.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz