Ichki kasalliklar kitobi




Kitob haqida



Ushbu darslik tibbiyot institutlari talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, uning ichki aʼzolar barcha tizimlarining kasallikari yoritilgan. Bunda nafas olish, yurak-qon tomir, ovqat hazm qilish, siydik ajratish, qon yaratish va biriktiruvchi toʻqimaning tizimli kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, patomorfologiyasi, klinikasi, tashxisi, qiyosiy tashxisi va davosi aks ettirilgan. Darslik kasalliklar haqidagi yangi maʼlumotlar: kasalliklar rivojlanishining yangi Mexanizmlari, xalqaro Tasniflar, kasalliklarni tashxislash va davolashning xalqaro standarlari bilan boyitildi. Kitobdan shuningdek, amaliyot shifokorlari – terapevtlar, kardiologlar, pulmanologlar foydalanishlari mumkin. Kitob jami 680 sahifadan iborat boʻlib, 6 ta bobni oʻz ichiga oladi. Kitob soʻngida qisqartmalar qismi ham mavjud bu esa oʻquvchiga tushunishni yanada ossonlashtiradi.

Boblar:




Qisqartmalar:




Mualliflar:




Darslik mualliflarining barchasi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti fakultet terapiya, gospital terapiya, harbiy dala terapiyasi, kasb kasalliklari propedevtikasi kafedrasida oʻz faoliyatlarini olib boradilar.

Kafedra tarixi[23]



1972 yil Oʻrta Osiyo pediatriya tibbiyot instituti Oʻzbekiston hukumati tomonidan tashkil etilgan. Dastlab ichki kasalliklar kafedrasi tashkil etilgan. Kafedra rahbari etib Bahodirov A. B. tayinlangan. Kafedra 17 shahar klinik shifoxonasiga yangi kafedra boʻlib kelgan. Kafedrada dotsenti Inoyatova L.H, assistentlar Jalolova D.M, Tadjiyev D.Sh, Irismetova N.S, Gaffarova F.K, Vasilenko L.I, Suyumova, Lukyanchikov ish olib borgan. 1979 yilda SAMPI da ichki kasalliklari boʻyicha 1-2-4-5 kurslar oʻqitildi. Ichki kasalliklar kafedrasini dastlab kafedra professori Babaxodjayev N. K. boshqargan. 1979 yildan buyon institut kengayib bormoqda. Fakultet terapiya boʻlimiga propedevtika ajratilgan. Va shu yildan boshlab ichki kasalliklar kafedrasi tashkil etildi. Kafedra rahbari Sharapov U.B, dotsent Gaffarova F.K, assistentlar Jalolova D.M, Shodmonov U, Tuyjonova G. M. rahbarligida terapiya uchun oʻquv-uslubiy qoʻllanma chop etildi. Kafedrada 150 ga yaqin ilmiy maqolalar, 5 ta uslubiy qoʻllanmalar chop etilgan. 1994 yil Sharapov U. B. rahbarligida dotsent Gaffarova F.K, Shodmonov U. „Ichki kasalliklar“ darsligi chop etishdi. 2005 yilda kafedrada „Kardiologiya“ mutaxassisligi boʻyicha magistratura ochildi. 2004 yilda kafedra ikkiga boʻlindi: Gospital terapiya va xarbiy dala terapiyasi (kafedra mudiri Babadjanov A) va ichki kasalliklar va ichki kasalliklar propedevtikasi (kafedra mudiri Rahimov Sh. M). 2016-yilgacha Rahimov Sh. M kafedra mudiri sifatida faoliyat olib borgan.

Taqrizchilar:




Muharrir: H.Alimuhamedova



Badiiy Muharrir: A.Yoqubjanov

Sahifalovchi: D.Hasanova

Nashriyotchi



<<Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi>> Davlat ilmiy nashriyoti

<<Paper Max>> xususiy korxonasida chop etildi. Toshkent, Navoiy koʻchasi, 30-uy

2014-yil 04.10 da bosishga ruxsat etildi. Qogʻoz bichimi 60x90 1/16

TaymsUz garniturasi. 42,50 shartli bosma taboq. 41,04 nashriyot hisob tabogʻi. Adadi 2000. Buyurtma No 2

Bu turkum uchun asosiy maqola: Ichki kasalliklar kitobi

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz