Ichimlik




Ichimlik deb odam isteʼmol qilishi uchun tayyorlanadigan suyuqlikka aytiladi. Atama ichish soʻzidan olingan. Ichimliklar tarkibidagi alkogol miqdoriga qarab spirtsiz va spirtli ichimliklarga ajratiladi.

Turlari



Suv



Eng keng tarqalgan ichimlik chuchuk suvdir. Suv odam va boshqa organizmlar uchun muhim suyuqlik boʻlib, odam tanasining taxminan 70 %ini tashkil etadi. Suv tuzlarni eritib, metabolizmda katta rol oʻynaydi. Shifokorlar kuniga 8 stakan (~1,8 litr) suv ichishni tavsiya etishadi.

Issiq ichimliklar



Bularga issiq choy, sut, qahva va boshqalar kiradi. Biroq choy va sut yaxna holda ichilishi ham mumkin.

Yaxna ichimliklar



Yaxna ichimliklar sovutilib ichiladi. Bularga sovuq choy, sharbat, limonad, alkogolsiz pivo va boshqalar kiradi.

Spirtli ichimliklar



Spirtli ichimliklarga tarkibida sezilarli miqdorda etanol bo'lgan ichimliklar: musallas, pivo, aroq va k kiradi.

Boshqalar



Qatiq, goʻja kabi mahsulotlarni ham ichimlik, ham taom, deb hisoblash mumkin.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz