ICHIKISH — ayriliq dardi. Ko’pincha, ota-onasi, yaqin kishisidan vaqtincha yoki umrbod judo bo’lgan ba’zi bolalar (ayniqsa, emadigan bolalar) ning holatini ifodalash uchun ishlatiladigan so’z. Ichikkan bola serxarxasha, injiq bo’lib, ishtahasi yo’qoladi, ovqat yemaydi, uyqusi buziladi, rang-ro’yi siniqib, o’zini oldirib qo’yadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish