Ice Cream
„Ice Cream“ (tarjimasi: „Muzqaymoq“) — Janubiy Koreyada tashkil topgan „Blackpink“ qizlar guruhi va amerikalik qoʻshiqchi Selena Gomez tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. Qoʻshiq 2020-yil 28-avgustda guruhning birinchi studiyaviy albomining ikkinchi singli sifatida chiqarilgan. Qoʻshiq Gomez, Teddy Park, Tomy Brown, Ariana Grande, Viktoria Monet, Bekuh BOOM, 24 va Mr.Franks tomonidan yozilgan; Teddy, Brown, 24 va Mr.Franks tomonidan esa hozirlangan. „Ice Cream“ trap unsurlariga ega elektropop va babblgam pop janridagi kompozitsiyadir.
„Ice Cream“ Billboard Hot 100 xit paradlari roʻyxatida 13-oʻrinda debyut qilib, chartning eng yaxshi 20 taligiga kirgan „Blackpink“ning birinchi singliga aylangan. Qoʻshiq Singapur, Vengriya va Janubiy Koreya xit paradlarida birinchi oʻntalikka kirgan, shuningdek, boshqa 15 mamlakatda kuchli 40 talikdan joy olgan. Musiqa klipi singl bilan bir vaqtda 28-avgust kuni chiqarilgan va MTV Europe Music Awards taqdirlash marosimida „Eng yaxshi hamkorlik“ va „Yil klipi“ sifatida Peopleʼs Choice Awards mukofotiga nomzod bo‘lgan.
Yaratilish tarixi
Radio.com saytiga bergan intervyusida Gomez „Blackpink“ bilan birinchi marta 2019-yilda Nyu-York moda haftaligida Jisoo va Roze bilan uchrashganida tanishganini aytgan; „Blackpink“ aʼzolari Selenaning katta muxlisi ekanligini tan oladi va stajyorlik paytlarida uning qoʻshiqlariga raqsga tushishgan.
2020-yil 23-iyulda „YG Entertainment“ shirkati „Blackpink“ning avgust oyida chiqariluvchi nomaʼlum qoʻshiqchi bilan ijro etilgan singl tizerini ommaga namoyish etgan. „#AriPink“ xeshtegi tez suratda ijtimoiy tarmoqlarda tarqala boshladi, koʻplab muxlislar Ariana Grande bilan uzoq kutilgan hamkorlik ijod mahsulini kutishardi. 28-iyulda „Blackpink“ning „The Album“ nomli birinchi studiyaviy albomi 2-oktyabrda chiqishi eʼlon qilingan. 11-avgust kuni boʻlajak singl Selena Gomez ishtirokida yozilgani maʼlum boʻlgan, Ariana Grande esa qoʻshiq yozuvchilardan biri ekanligi qayd etilgan. Oʻn kundan keyin qoʻshiqning nomi eʼlon qilingan. 25-avgust kuni Jennie va Rozening tizer fotosuratlari, 26-avgustda esa mos ravishda Lisa va Gomezning suratlari rasmiy sahifalarga joylashtirilgan.
Singl chiqqandan soʻng, Selena „Blackpink“ bilan qilgan hamkorligidan ilhomlanib, pushti vanilli muzqaymoq chiqargan va uni „Cookies va Cream Remix“ deb nomlagan.
Mukofotlar va nominatsiyalar
Xit paradlarda
Manbalar
uz.wikipedia.org