IC 1101
IC 1101 Sunbula yulduz turkumidagi E-S0 (elliptik spiral galaktika) tipli galaktikadir. Abell 2029 galaktika klasteri markazida, 1,07 milliard yorugʻlik yili masofada joylashgan. IC 1101 diametri taxminan 6 million yorugʻlik yili boʻlib, hozirda (2013) maʼlum galaktikalar ichida eng kattasidir. Tarkibida taxminan 100 trillion yulduz bor. Somon Yoʻlidan hajm jihatdan 50, massa jihatdan 2000 marta katta. IC 1101 bunday kattalikka koʻplab galaktikalar toʻqnashuvi va birikishi bilan erishgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org