IBSEN (IBSEN) GENRIK (1828.20.3, Shien — 1906.23.5, Kristianiya) — norveg dramaturgi. Bergendagi birinchi milliy norveg teatriga (1852-57), kristianiyadagi norveg teatriga (1857-62) rahbarlik qilgan. Ilk she’rlari va “Katlina” (1850) dramasi Yevropadagi 1848 yil inqilobi ta’sirida yaratilgan. Rim, Drezden, Myunxenda yashagan (1864-91). “Estrotlik Inger xonim” (1855), “Gelgelandagi urushlar” (1858), “Taxt uchun kurash” (1863) tarixiy dramalarida Evropa romantizmining ta’siri seziladi. “Brand” (1866) va “Per Gyunt” (1867) falsafiy-ramziy poetik dramalarida norveg kiborlari hayoti tasvir etilgan. I.ning “jamiyat peshvolari” (1877), “uya” (1879), “sharpalar” (1881), “Xalq dushmani” (1882) pyesalari mashhur. “Yovvoyi o’rdak” (1884), “Rosmersxolm” (1886), “dengizdan kelayotgan ayol” (1888), “Gedda Gabler” (1890) kabi dramalarida so’nggi davrga xos ramziy unsurlar aks etgan. “Quruvchi Solnes” (1892), “kichkina Ey-olf” (1894) va boshqa asarlari Yevropa realistik dramaturgiyasining yutuklaridan hisoblanadi. Ibsen jahon dramaturgiyasi va teatriga katta ta’sir o’tkazdi. “Sharpalar” pesasidan parchalar o’zbek tiliga tarjima qilingan (1974).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish