Ibsen Genrik




Henrik Ibsen (1828.20.3, Shiyen — 1906.23.5, Kristianiya) — norveg dramaturgi. Bergendagi birinchi milliy norveg teatriga (1852—57), Kristianiyadagi norveg teatriga (1857—62) rahbarlik qilgan. Ilk sheʼrlari va "Katlina" (1850) dramasi Yevropadagi 1848-yil inqilobi taʼsirida yaratilgan. Rim, Drezden, Myunxenda yashagan (1864—91). "Estrotlik Inger xonim" (1855), "Gelgelandagi urushlar" (1858), "Taxt uchun kurash" (1863) tarixiy dramalarida Yevropa romantizmining taʼsiri seziladi. "Brand" (1866) va "Per Gyunt" (1867) falsafiy-ramziy poetik dramalarida norveg kiborlari hayoti tasvir etilgan. I.ning "Jamiyat peshvolari" (1877), "Uya" (1879), "Sharpalar" (1881), "Xalq dushmani" (1882) pyesalari mashhur. "Yovvoyi oʻrdak" (1884), "Rosmersxolm" (1886), "Dengizdan kelayotgan ayol" (1888), "Gedda Gabler" (1890) kabi dramalarida soʻnggi davrga xos ramziy unsurlar aks etgan. "Quruvchi Solnes" (1892), "Kichkina Ey-olf" (1894) va b. asarlari Yevropa realistik dramaturgiyasining yutuklaridan hisoblanadi. I. jahon dramaturgiyasi va teatriga katta taʼsir oʻtkazdi. "Sharpalar" pyesasidan parchalar oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1974).

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz