Ibrohimxalil Yo'ldoshev
Ibrohimxalil Xabibulla oʻgʻli Yoʻldoshev 2001-yil 14-fevral kuni, Yangier shahrida tugʻilgan. Ibrohimxalil Yoʻldoshev oʻzbek futbolchisi boʻlib, Rossiyaning „Nijniy Novgorod“ klubi va Oʻzbekiston Olimpiya futbol terma jamoasi himoyachisi hisoblanadi.
Futbolchilik faoliyati
Ibrohimxalil Yoʻldoshev Toshkentning „Paxtakor“ akademiyasida tahsil olgan. 2019-yilda asosiy tarkibga taklif qilingan, Ibrohimxalil Yoʻldoshev O‘zbekiston chempioni bo‘lgan, biroq u bor-yo‘g‘i bitta o‘yin o‘tkazgan. 2020-yilda u „Bunyodkor“ga ijaraga o‘tgan va u yerda bir mavsum o‘tkazib, 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol muallifi bo‘lgan. U 2021-yilda „Paxtakor“ga ijaradan qaytgan va u yerda 12 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan va O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylangan. 2021-yil 26-avgustda u RPLga oʻtgan. Ibrohimxalil Yoʻldoshev Rossiyaning „Nijniy Novgorod“ klubi bilan shartnoma imzolagan va ertasi kuni asosiy tarkibda „Ximki“ga qarshi oʻynagan.
Milliy terma jamoa
U 2020-yilning 3-sentabr kuni Tojikistonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Oʻzbekiston kattalar terma jamoasi safida debyut qilgandi.
Yutuqlari
Paxtakor Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org