IBROHIMOVA HAFIZA
IBROHIMOVA HAFIZA (1927 – Farg’ona—1967) — O’zbekiston xalq artisti (1967). 15 yoshida Farg’onadagi “Kooperativ” artelida ishlab, shu yerdagi havaskorlar to’garagiga qatnashgan. 1946 yildan Farg’ona viloyati musiqali drama va komediya teatrida aktrisa. Eng yaxshi rollari: obida (“Muqimiy”), sanam (“Aziz va sanam”), Zulxumor (“Ravshan va Zulxumor”), Qumri (“qumrining murodi”), Gulsara (“Gulsara”), Zuhra (“Tohir va Zuxra”) va boshqalar. Qahramonning lirik, psixologik kechinmalarini ochib berishda hayotiy va ishonarli talqin, mahorat va tabiiylik Ibrohimova ijodiga xos.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz