IBROHIMOV TO’LQIN YO’LCHIBOEVICH
IBROHIMOV TO’LQIN YO’LCHIBOEVICH (1952.04.6, Toshkent viloyati Chirchiq shahri) — ilg’or transport xodimi, O’zbekiston Qahramoni (2005). Mehnat faoliyatini 1973 yildan Tashkent teplovoz deposida mashinist yordamchisi sifatida boshlagan. Tashkent teplovoz depozit teplovoz mashinisti yordamchisi (1973— 75), mashinisti (1977-88), 1988 yildan “O’zbekiston temir yo’llari” kompaniyasining “O’zbekiston” Lokomotiv deposida 1-klass teplovoz mashinisti. Ibrohimov mehnat faoliyati davomida teplovozlarning joriy ta’mir davrini uzaytirish, yoqilg’ini tejash, harakat xavfsizligini ta’minlash, yuk tashish topshiriqlarini benuqson oshirib bajarishda muhim yutuqlarga erishdi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz