Ibrohimov Sobirjon




Sobirjon Ibrohimov (1905.21.12, Andijon — 1974.22.12, Toshkent) — tilshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972), filol. fanlari doktori (1961), professor (1965). Samarqanddagi Oʻzbekiston Ped. akademi-yasida oʻqigan (1928—29), "Qizil Oʻzbekiston" gaz.ning maxsus muxbiri (1929), Oʻzbekiston davlat nashriyotida adabiy muharrir (1929—33), Madaniy qurilish ilmiy tekshirish institutida ilmiy xodim (1933), Yangi alifbo va terminologiya qoʻmitasida boʻlim mudiri (1934—37), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, boʻlim mudiri (1937—74). Ilmiy tadqiqotlari oʻzbek tilining fammatika, dialektologiya, leksikologiya, imlo, orfoepiya kabi sohalariga oid ("Fargʻona shevalarining kasbhunar leksikasi", 1—3-kitob, 1956—59; "Bosh harflarni ishlatish qoidalari" 1964; "Oʻzbek imlosidagi baʼzi qiyin holatlar", 1970; "Adabiy talaffuz madaniyati", 1972 va b.). I. "Ruscha-oʻzbekcha lugʻat" (1954; 1950—55), "Navoiy asarlari lugʻati" (1972), "Oʻzbek tilining izohli lugʻati" (1981) va b. tuzishda qatnashgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz