Ibrohimov Neʼmatulla




Neʼmatulla Ibrohimov (1945,Margʻilon ) — Sharqshunos, filolog, arabshunos. ToshDU (hozirgi OʻzMU) Sharq fakultetining 1970-yil bitiruvchisi. Filologiya fanlari doktori, professor (1985), akademik (2000).

Faoliyati



1970-yildan ToshDU sharq fakulteti oʻqituvchisi, (shu orada: 1972 – 1975 yy. SSSR FA SHI aspiranti), katta oʻqituvchi va 1979-yildan dotsent, 1980-yildan Arab filologiyasi kafedrasi mudiri, 1989-yildan ToshDU Sharq fakulteti dekani, 1991 – 2005 ToshDSHI rektori, 2011-yilgacha Islomshunoslik kafedrasi mudiri.

Ilmiy yoʻnalishi



Oʻrta asrlar arab adabiyoti, islomshunoslik, manbashunoslik, arab tilshunosligi va folklor. 150 dan ortiq kitoblar, monografiyalar va ilmiy maqolalar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi. Butunittifoq sharqshunoslar assotsiatsiyasining diplomi bilan mukofotlangan (1990). “Majmaʼ al-lugʻa alarabiyya” Arab akademiyasi aʼzosi (Misr, 2003), Kaliforniya fan va taʼlim boʻyicha xalqaro Akademiyaning haqiqiy aʼzosi (AQSH, 1996), Seul shahridagi Sen Kyun Kvan universiteti faxriy doktori (Janubiy Koreya), Yaponiya Fukusima prefekturasining Oʻzbekistondagi faxriy elchisi unvonlariga sazovor boʻlgan. Qator xorijiy mamlakatlarda ilmiy va xizmat safarlarida boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 2-marta deputat etib saylangan. 1997-yili “Oʻzbekiston – Misr” Doʻstlik Jamiyati raisi etib saylangan. 2001-yildan esa Oʻzbekiston Xalqaro aloqalar milliy uyushmasi raisi (Xalqaro doʻstlik jamiyati). 2001-yildan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari rektorlari kengashi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi qoshidagi Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqib ketilgan arxiv materiallarini qaytarish maxsus komissiyasi raisi.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), ikki marta “Imom al-Buxoriy” nomidagi xalqaro mukofot sohibi (1996, 1999), “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlimi aʼlochisi” (1999).

Ilmiy ishlari



Nomz. diss. mavzusi: “Puteshestviye Ibn Battutы kak istochnik svedeniy po istorii Sredney Azii” – M., 1975.

Dokt. diss. mavzusi: “Arabskiy narodnыy roman (problemы janroobrazovaniya i stilya)”. – M., 1984.

Manbalar




Adabiyotlar



Habibullayev, Alimulla. Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi (1949 — 2022-yillar). Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2022. 

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz