Ibrohimov Gʻalimjon Girfanovich




Ibrohimov Gʻalimjon Girfanovich — [1887.28.2.(12.3), Boshqirdistonning hozirgi Aurgazin tumani — 1938.21.1] — tatar yozuvchisi, olim, jamoat arbobi. Zamonaviy tatar adabiyoti asoschilaridan. Orenburg (1898—1905) va Ufa (1906—09) madrasalarida oʻqigan. "Bizning yoʻl", "Maorif" jur. larida muharrir. I. ning dastlabki realistik hikoya va qissalari ("Zakiy talabaning madrasadan haydalishi", 1907; "Tatar ayoli taqdiri", 1910; "Tabiat bolalari", 1914 va b.) da tatar yoshlarining hayoti va kurashi aks etgan. Uning "Yosh yuraklar" asari (1912) — tatar adabiyotidagi birinchi psixologik roman. "Bizning kunlar" (1920) kitobi 1905— 07 yil dagi inqilobiy voqealarga bagʻishlangan. "Teran tomirlar" (1926—28) romanida fuqarolar urushi davri aks etgan. I. tatar tilshunosligi va tarixiga oid ilmiy asarlar, darsliklar muallifi ("Tatar grammatikasi", 1911; "Adabiyot nazariyasi", 1916; "Ona tilini oʻqitish metodikasi", 1918 va b.).

As.:Teran tomirlar, T., 1961; Qozoqqizi, T., 1964.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz