Ibrohim surasi
Ibrohim surasi (arabcha: سورة إبراهيم, nomining maʼnosi — Ibrohim (nom)[8][9]) — Qurʼonning 14-surasi. Makkiy suralardan biri, 52 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 255–261-sahifasida va 13-juzida joylashgan. 72-boʻlib nozil boʻlgan.
Asosiy maʼnosi
Bu surada ham Makka suralarining aksarisida boʻlgani kabi eʼtiqod, vahiy, tavhid — Allohning birligiga iymon keltirish, qayta tirilish va xususan qiyomat kunida boʻladigan hisob-kitob va jazo-mukofot toʻgʻrilarida batafsil soʻz yurtiladi.
Sura paygʻambarlar zimmasiga yuklatilgan vazifa insoniyatni zulmatlardan nurga olib
chiqish ekanini bayon etuvchi oyat bilan boshlanadi. Bu bilan birinchidan, hayotda zulmatlar – egri-notoʻgʻri yoʻllar koʻp, nur — haqiqat yoʻli esa tanho boʻlishi bayon
qilinsa, ikkinchidan, oʻsha yagona nurga faqat paygʻambarlar — Allohning elchilariga
nozil boʻlgan vahiy vositasidagina yetish mumkinligi uqtiriladi. Yana bu suradan Muso paygʻambarning oʻz qavmi bilan boʻlgan muloqotlaridan biri haqidagi oyatlar ham joy olgandir.
Suraning «Ibrohim» deb atilishiga sabab unda paygʻambarlar otasi Ibrohim alayhis-salomning Makkaga kelishlari va u yerda Tangri taologa qilgan duo-iltijolari xususida
mufassal hikoya qilinganidir.
Manbalar
IBROHIM SURASI (Wayback Machine saytida 2012-06-30 sanasida arxivlangan)
uz.wikipedia.org