Ibrohim Sodiqov




Ibrohim Solihovich Sodiqov (1952-yil, 5-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori (2001), professor (2001).

Biografiyasi



Ibrohim Sodiqov 1952-yil 5-yanvar Toshkent shahrida tugʻilgan. 1969—1974-yillarda Toshkent politexnika institutida tahsil olgan. Mutaxassisligi aloqa
yoʻllari muhandisi. 1974—1975-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti stajyor-oʻqituvchisi, 1975—1976-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti yoʻllarni qidirish va loyihalash kafedrasi assistenti, 1979—1983-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti yoʻllarni qidirish va loyihalash kafedrasi assistenti, 1983—1985-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti yoʻllarni qidirish va loyihalash kafedrasi katta oʻqituvchisi, 1985—1992-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti yoʻllarni qidirish va loyihalash kafedrasi dotsenti, 1995—2000-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti yoʻl qurilishi fakulteti dekani, 2000—2001-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti iqtisodiyot va tadbirkorlik ishlari boʻyicha prorektori, 2001—2003-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash boʻyicha prorektori, 2003—2012-yillarda Jizzax politexnika instituti rektori, 2012—2013-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti avtomobil yoʻllari va aerodromlar kafedrasi professori, 2013—2017-yillarda Lugansk milliy agrar universiteti „Yer boshqaruvi va avtomobil yoʻllarini qurilishi va geodeziya“ kafedrasi professori, 2018—2020-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti avtomobil yoʻllarini qurish va ekspluatatsiya qilish kafedrasi professori vazifasida faoliyat olib borgan. 2020-yildan Toshkent davlat transport universiteti avtomobil yoʻllarini qurish va ekspluatatsiya qilish kafedrasi professori.

Ilmiy faoliyati



Ibrohim Sodiqov 1976—1979-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti aspiranturasida, 1992—1995-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti doktoranturasida oʻqigan. 1982-yilda „Bir xil sathda kesishuvchi yoʻllarning chorrahasini koʻchirilgan chapga burilish bilan loyihalash“ mavzusida nomzodlik dissertasiyasini 2001-yilda „Avtomobil yoʻllarining transport-ekspluatasion sifatlarini prognozlash va boshqarish“ mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. 170 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 7 ta darslik, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta monografiya, 2 ta patent, 18 ta uslubiy ishlanma muallifi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz