Ibrohim oxund madrasasi




Ibrohim oxund madrasasi — Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Binoda Varaxsha arxeologiya muzeyi joylashgan

Tarixi



Madrasa 1858–1859-yillarda Buxoro amirligi poytaxtining Oybibi inoq (Oybinok) guzarida, oʻzbek hukmdori Nasrullaxon (1827–1860) hukmronligi davrida, Mulla Mir Ibrohim Qashgʻariy (Ibrohim oxund) mablagʻlari evaziga bunyod etilgan. 32 ta hujra va 1 ta darsxonadan iborat boʻlgan. Madrasa uchun Toqi Miyona mavzesida 1 ta hammom, Kokilai xoʻrd guzarida 1 ta oziq-ovqat doʻkoni, Xoja Muhammad Parron guzarida kovush boʻyash saroychasi, boloxonali baqqollik, Labi hovuz boʻyidagi rastada yonma-yon ikkita moshfurushlik va oltita gʻishtin doʻkonlar vaqf qilingan.

Bizgacha madrasaning vaqf hujjatlari yetib kelgan boʻlib, hujjat amir Nasrullaxon va qozi ul-quzzot Soʻfi Xoja ibn oxund Omonullaxoja muhrlari bilan tasdiqlangan.

Sovetlar hukmronligi oʻrnatilganidan soʻng, madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.

1995-yilda madrasada Varaxsha arxeologiya muzeyining ekspozitsiyasi tashkil etilgan boʻlib, unda Varaxshadan topilgan arxeologik topilmalar bilan tanishish mumkin.

2010-yilda ishlab chiqilgan Davlat dasturiga binoan, madrasani 2011-yilda favqulotda qismlarini boʻlaklarga ajratish, konstruktiv mustahkamlash, tiklash va taʼmirlash, zamonaviy foydalanishga moslashtirish ishlari rejalashtirildi va bu ishlarni amalga oshirish maqsadida 25 million soʻm mablagʻ ajratildi.

Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, hozirda turistik xizmat koʻrsatish obʼekti sifatida zamonaviy foydalanishga topshirilgan. Binoda Varaxsha arxeologiya muzeyi joylashgan.

Buxoro shahridagi Koʻkaldosh MFYga qarashli Mehtar Anbar nomidagi koʻchada joylashgan.

Meʼmorchiligi



Madrasa inshooti pishiq kvadrat gʻishtdan 2 qavatli qilib qurilgan, 38 ta hujradan iborat. XIX asrda Oybinok masjidi va Muhammad Nabi madrasalari bilan birga mustaqil meʼmoriy ansamblni tashkil etgan.

Manbalar




Havolalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Ibrohim Oxund madrasasi O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosining muhim qismidir. Bu madrasalar, odatda, Islom dini va ilm-fan sohalarida ta’lim berish maqsadida qurilgan maktablardir. Madrasalar ko‘pincha Qur’on o‘qish, fiqh (islom huquqi), arab tili, tasavvuf va boshqa diniy fanlarni o‘rgatish bilan shug‘ullanganlar.

Ibrohim Oxund madrasasi esa aynan qaysi hududda va qachon qurilgani haqida aniq ma’lumotlar ko‘p manbalarda mavjud emas, ammo umumiy o‘zbek madrasalari tarixi va madrasalar faoliyati haqida ma'lumot berish mumkin.

O‘zbekistonda madrasalar qadimdan keng tarqalgan bo‘lib, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlar markaziy madrasalar markazi hisoblangan. Ushbu madrasalarda nafaqat diniy ta’lim, balki falsafa, matematika, adabiyot va boshqa fanlar ham o‘qitilgan.

Ibrohim Oxund madrasasi nomi ma’lum bir diniy olim, Ibrohim Oxund nomidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. “Oxund” – bu diniy ta’lim olgan, islomiy bilimlarni rivojlantirgan shaxslarni anglatadi.

Madrasalar jamiyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning asosiy vazifasi yoshlarga diniy tarbiya berish, ularni ilm-fan asoslariga o‘rgatishdir. O‘zbekistonda madrasalar tarixi ming yillik madaniyatga ega bo‘lib, ularning asosiy vazifasi nafaqat diniy bilimlarni, balki umumiy madaniy bilimlarni ham o‘rgatishdan iborat.

Agar siz Ibrohim Oxund madrasasi haqida aniqroq tarixiy yoki arxitektura ma’lumotini istasangiz, iltimos qaysi hududda joylashgani yoki qurilgan davri haqida ma’lumot bering, shunda yanada to‘liqroq ma’lumot taqdim eta olaman.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz