IBROHIM LO’DIY (7-1526) -lo’diylar sulolasining uchinchi va so’nggi vakili, Dexli sultoni (1517— 26). 1517 yil otasi Sikandar (1488-1517) vafotidan so’ng taxtga o’tirgan. Ibrohim Lo’diy o’z xukmronligi davrida ichki nizolarga barham berib, Markaziy xrkimiyatni mustahkamlagan, qo’shni Gvalior rojasi Vikramajit va Mevar rojasi Rano Sango ustidan g’alaba qozongan. Ammo, 1526 yil Bobur bilan bo’lgan Panipat jangida yengilib, halok bo’lgan. Ibrohim Lo’diy davrida mamlakatda ilmfan va madaniyat birmuncha taraqqiy etgan. O’sha vaqtlarda bunyod etilgan bir qancha me’moriy yodgorliklar hozirgacha saqlanib qolgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish