Ibrohim I Darbandiy




Ibrohim I Darbandiy (? — 1417) — darbandiya sulolasi asoschisi, Shirvon shohi (1382—1417). I I rivoyatlarga koʻra, Anushirvon naslidan boʻlib, davlatni adolat va tadbirkorlik bilan idora qilgan. Amir Temur bilan Toʻxshamishnpng manfaatlari Ozarbayjonda toʻqnash kelganda (1385—86) u Shirvonni mustahkamlash va unga Ozarbayjonning boʻlak yerlarini birlashtirish siyosatini ustalik bilan amalga oshirgan. Chunonchi, I. I Amir Temurdek jahongirga qarshilik koʻrsatmoq akldan emasligini idrok etib, darhol uning nomiga xutba oʻqitgan, tanga zarb qildirgan. Soʻng , katta hadyalar bilan yoʻliga peshvoz chiqib, unga itoatkorlik bildirgan va bu bilan u oʻz joni, taxti hamda mamlakatini omon saklab qolgan. Amir Temur va-fot etgach (1405), I. I temuriylar oʻrtasida boshlangan taxt uchun kurashdan foydalanib, Ozarbayjon mulkdorlari yordamida Shirvon mustaqilligini tiklagan, Gurjiston bilan ittifoqlikda Tabrizni egallagan (1406). Pekin u ittifoqchilari — Kaxetiya podshohi va Sheki hokimi bilan birgalikda qora qoʻyunlilarga qarshi jang qilib yengilgach (1410), Shirvon yana oʻz mustaqilligini yoʻqotgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz