Ibrohim eshon Mamatqulov




IBROHIM ESHON MAMATQULOV (1937-2009). 1937 yil Farg‘ona viloyatining Buvayda tumani Oqqo‘rg‘on qishlog‘ida tavallud topgan. Naqshbandiya-mujaddidiyahusayniya tariqati rahbari bo‘lgan. U1956 yili Buxoro shahridagi Mir-Arab madrasasiga o‘qishga kirgan va o‘sha yili Toshkentda ochilgan Baroqxon madrasasiga o‘qishni ko‘chirib o‘tkazgan. Ammo o‘qishni tugata olmagan.
1950-1970 yillarda Janubiy Qozog‘istonning Turkiston tumanida yashagan shayx Abdulvohid Sayramiyda tasavvuf bo‘yicha tahsil olgan.

Faoliyati



Ibrohim eshon o‘zidagi silsilaga ko‘ra naqshbandiya tariqatining 32-piri hisoblangan. 1985 yil Oqqo‘rg‘onga ko‘chib kelgan va bir necha yil tariqatga rahbarlik qilgan. Ibrohim eshonning shogirdlari (muridlari) Farg‘ona viloyatining Buvayda, Yozyovon, Marg‘ilon, Oltiariq tumanlarida, Toshkent shahri, Samarqand shahri, Kattaqo‘rg‘on va Tayloq tumanlarida, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog‘ tumanlarida ko‘pchilikni tashkil qilgan. Uning tarafdorlari soni 20 mingdan ortiq bo‘lib, izdoshlarining muntazam ko‘payib borishi sabablaridan biri muridlari odatda tarafdorlar yig‘ish jarayonida o‘z yetakchilarini (Ibrohim eshonni) ideal shaxs sifatida ko‘rsata olishi bo‘lgan.
Shuningdek, Ibrohim eshonning o‘z hisobidan ziyoratgohlarni taʼmirlash, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurish hamda shu kabi obodonlashtirish ishlarida ishtirok etishi ham musulmon aholi orasida uning obro‘si oshishiga va tarafdorlari ko‘payishiga sabab bo‘lgan.
Ibrohim eshonga yangi bay’at qilganlarga quyida keltirilgan vazifalar buyurilgan, shukri vuzu — 2 rakat (tahorat shukronasi uchun har bir olingan tahoratdan so‘ng o‘qiladigan namoz); tuhfai Rasululloh — 2 rakat (shom namozidan so‘ng o‘qiladi); tahajjud — 2 rakatdan ikki marta, jami 4 rakaat (bomdod namozining vaqti kirmasdan ilgari o‘qiladi); ishroq — 2 rakaat (Quyosh chiqqandan so‘ng o‘qiladi).
Yuqoridagilardan tashqari doimiy tahoratda, maxsikalishda, chopon va salla o‘rab yurish tavsiya etilgan.
Rasmiy imomlar tomonidan Ibrohim eshon faoliyatidagi shariatning buzilishiga bog‘liq ayrim jihatlarga eʼtirozlar ham bildirilgan. Jumladan,
— kechasi tahajjud namozini o‘qish farz (yoki vojib)ligi;
— shukri vuzu namozini qaysi vaqtda bo‘lsa ham o‘qib olish zarurligi
— pirga qo‘l berganning oldingi gunohlari kechiriladi, qazo bo‘lgan (qoldirilgan) namozni o‘qimasa ham bo‘laveradi, deganlari;
— murididan boshqa kishining to‘y-marakalariga bormaslik;
— rasmiy imomlarning amru maʼruflarini mensimaslik.
Bundan tashqari ayrim muridlar tomonidan ham mutaassibona xatti-harakatlar namoyon bo‘layotgani maʼlum bo‘lgan. Masalan, Ibrohim eshonning tahoratidan qolgan suvni tabarruk deb isteʼmol qilish, pirning uyi tomoniga oyoq uzatish qiblaga oyoq uzatishdek gunoh bo‘ladi deb hisoblash, yoki doimiy katta salla, uzun oq ko‘ylak va maxsi-kovushda guruh-guruh bo‘lib yurish kabilar.
Ibrohim eshon Mamatqulov 2009 yil vafot etgan..

Manbalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Ibrohim Eshon Mamatqulov haqida aniq va keng ma'lumot topish qiyin bo‘lishi mumkin, chunki ushbu ism bilan mashhur shaxs yoki keng tanilgan tarixiy yoki madaniy shaxs haqida ko‘plab ommaviy manbalarda ma’lumot mavjud emas. Ammo siz ushbu ism bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli sohalar haqida qisqacha umumiy ma’lumot berishim mumkin.

Agar Ibrohim Eshon Mamatqulov o‘z sohasida faoliyat yuritayotgan shaxs bo‘lsa, u quyidagi sohalarda bo‘lishi mumkin:

  1. Madaniyat va san’at:
    Ibrohim Eshon Mamatqulov o‘zbek madaniyatida aktyor, shoira, yozuvchi yoki san’atkor sifatida tanilgan bo‘lishi mumkin. O‘zbek adabiyoti va teatrida ko‘plab mutaxassislar faoliyat yuritadi va ular orasida shunday ism mavjud bo‘lishi ehtimoli bor.

  2. Ilm-fan va ta’lim:
    Ustoz, professor yoki ilmiy xodim sifatida ham tanilgan bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda ko‘plab oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar orasida bunday ism uchrashi ehtimoli mavjud.

  3. Din va jamoat faoliyati:
    Ibrohim eshon degan nisbatan diniy unvon bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda "eshon" so‘zi, odatda, diniy rahbar yoki jamoat yetakchisini anglatadi. Shuning uchun Ibrohim eshon Mamatqulov diniy faol yoki jamoat arbobi bo‘lishi mumkin.

Agar sizga aynan qaysi soha bo‘yicha ma’lumot kerakligini aniqlasangiz yoki qo‘shimcha kontekst bersangiz, men sizga ko‘proq yordam berishim mumkin.

Agar sizda ushbu shaxs haqida aniq savollar yoki qo‘shimcha ma’lumot mavjud bo‘lsa, iltimos, ulashing. Shunday qilib, men sizga yanada to‘liq va aniq ma'lumot bera olaman.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz