Ibrohim as-Sonjaniy




(Abu Isʼhoq) Ibrohim ibn Muʼaqqal ibn al-Hajjoj ibn Xidosh ibn Xudayh as-Sonjaniy an-Nasafiy (hijriy 295-yil (milodiy 908-yil)da vafot etgan) — mashhur imom. Ilm talabida Hijoz, Iroq, Shom va Misrga safar qilgan. Nasaf ahlining imomi va qozisi bo‘lgan. Fiqh va hadisni yaxshi biluvchi ulug‘ imom bo‘lgan. Hadislarni tasnif qilishda mashhur bo‘lgan. „Kitobu-t-tafsir“ („Tafsir kitobi“), „Kitobu-l-musnad“(„Musnad kitobi“) va boshqa asarlar yaratgan. Imom Buxoriyning „al-Jomiʼ as-sahiyh“ („Ishonchli to‘plam“) asaridan rivoyat qilgan. U o‘sha kitobdan rivoyat qilgan so‘nggi olimlardan bo‘lgan. U ulamolardan, undan esa boshqalar rivoyat qilganlar.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz