Ibrohim al-Jurmihaniy




(Abu Isʼhoq) Ibrohim ibn Xolid ibn Nasr al-Jurmihaniy (hijriy 250-yil (milodiy 864-yil)da vafot etgan) — hofiz va o‘z davrining yetuk imomi bo‘lgan. Qurʼoni karimni yoddan bilish va uni mohirona bayon etishda o‘z asrining ikki zukko imomi deb eʼtirof etilgan Abu Zarʼa Ubaydulloh ibn Abdulhakim ar-Roziy va Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyga o‘xshab ketar edi. Laqabi — „Tabotaboʻiy“, u Iroqda shu laqabi bilan tanilgan edi. U ulamolardan, undan esa boshqalar hadis rivoyat qilganlar.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz