Ibrohim al-Gʻunjiyriy
(Abu Isʼhoq) Ibrohim ibn Yaʼqub ibn Abu Nasr ibn Obid ibn Abu Nasr ibn Madusa al-Kushoniy al-G‘unjiyriy (hijriy 478-yil zulqaʼda oyining boshlari (milodiy 1085-yil)da tug‘ilgan) asosli bahs-u munozara qiluvchi faqih, go‘zal suvratga ega fozil kishi, yirik mufassir va kamtarin voiz bo‘lgan.
Ustozlari
Ibrohim al-Gʻunjiyriy hadis ilmining sir-asrolarini aKushoniyada Abulqosim Ubaydulloh ibn Umar al-Xatibdan, Samarqandda Abu Ibrohim Ishoq ibn Muhammad at-Tanuxiy, Abulhasan Ali ibn Usmondan, Buxoroda Abu Bakr Muhammad ibn Hasan ibn Mansur an-Nasafiy kabi olimlardan olgan..
Vafoti
Ibrohim al-Gʻunjiyriy 553/ 1158 yoki 554/1159 yili vafot etgan.
Manbalar
Adabiyotlar
•Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. 268.
uz.wikipedia.org