Ibrahim Boubacar Keïta




Ibrahim Boubacar Keïta (fransuzcha: brahim Boubacar Keïta; 29-yanvar 1945-yil — 16-yanvar 2022-yil) — Mali davlat arbobi va siyosatchisi, Mali Bosh vaziri (1994-2000), Mali Milliy Assambleyasi raisi (2002-2007), Mali prezidenti (2013-yil 4-sentyabrdan 2020-yil 19-avgustgacha).

Tarjimai holi



Ibrahim Boubacar Keïta 1945-yil 29-yanvarda Fransiya Sudanida (hozirgi Mali) tugʻilgan. Parijdagi litseyni tamomlagach, Bamakoda oʻqigan, soʻngra Senegal poytaxti Dakarda, keyin esa Parijda tahsil oldi. U siyosatshunoslik va tarix professori hisoblanadi.

Dastlab, u Malida rivojlanish jamgʻarmasida (EEC) ishlagan. Mali, Niger va Burkina-Fasoda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilingan.

1990-yilda u ADEMA-PASJ mahalliy sotsialistik partiyasining aʼzosi boʻldi (Malidagi Demokratiya uchun Alyans — Ozodlik, birdamlik va adolat uchun Pan-Afrika partiyasi) va prezidentlikka nomzod Alfa Umar Konarening saylovoldi shtabini boshqardi. Konare prezident etib saylangach, koʻp oʻtmay 1994-yilda Keïtani hukumat boshligʻi etib tayinlaydi. Oʻsha yili Keïta partiyaning rahbari boʻladi va 1999-yilgacha bu lavozimni egalladi. Shu-yilning 15 fevralda Malida Bosh vazir almashtirildi. Keyingi-yili Ibrahim Boubacar Keïta Mali Sotsialistik partiyasidan chiqib ketadi. U yangi bir partiya — Mali uchun Birlashma tashkil qiladi va unga rahbarlik qiladi.

2002-yil 16-sentyabrda Keïta Mali parlamenti spikeri etib saylanadi. U ushbu lavozimda deyarli besh yil davomida 2007-yil 3-sentyabrgacha ishlagan.

U 16-yanvar 2022-yilda 76 yoshida vafot etdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz