Ibrahim Amadou




  Ibrohim Amadu (fransuzcha: Ibrahim Amadou) 1993-yil 6-aprelda Kamerunning Duala shahrida tugʻilgan. Amadu fransuz futbolchisi boʻlib, „Metz“ klubida yarim himoyachi vazifasini bajaradi.

Faoliyati



1993-yilda Kamerun poytaxti Dualada tugʻilgan Ibrohim Amadu toʻrt yoshida Fransiyaga koʻchib oʻtgan va Kolomb kommunasida yashagan. U yerda futbolchi mahalliy „Chemineau de l’Ouest“ jamoasida oʻynagan. Keyin futbolchi 4 yilni Parijning „Rasing“ yoshlar jamoasi tarkibida oʻtkazgan hamda shundan soʻng 2008-yilda „Nansi“ akademiyasiga oʻqishga kirgan.

Ibrohim 2013-yilning 26-may kuni Fransiya chempionatining 2012/13-yilgi soʻnggi turida „Brest“ga qarshi oʻyinda bir daqiqa oʻynab, professional debyut qilgan. 2014-yilning 8-avgustida Amado „Nensi“ uchun birinchi golini Liga 2 doirasida „Orlean“ga qarshi oʻyinda kiritgan.

2015-yil 16-iyulda futbolchi „Lill“ klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan. Futbolchining transfer narxi 2 million yevroni tashkil qilgan. Ibrohim yangi jamoasidagi debyutini 2015/16-yilgi Fransiya chempionatining 1-tur oʻyinida „PSJ“ga qarshi 2015-yilning 7-avgust kuni Renatu Sivelli bilan birga markaziy himoyachi sifatida oʻtkazgan edi. Oʻsha uchrashuvda „Lill“ 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan. Amado „Lill“ safidagi ilk golini 2016-yilning 12-martida „Bastiya“ jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan. 2017/18-yilgi mavsum boshida „Lill“ bosh murabbiyi Marselo Bielsa Amaduni jamoa sardori etib tayinlagan. 2017-yil 13-avgustda „Strasburg“ga qarshi 0:3 hisobida magʻlub boʻlayotganda futbolchi Ibrohim Amadu „Lill“ darvozaboni Mayk Meignan chetlatilganidan keyin, jamoaning darvozaboni sifatida oʻynashga majbur boʻlgan.

2019-yilning 7-avgustida u Angliyaning „Norvich City“ klubiga 2019/20-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida oʻtgan.

Terma jamoadagi faoliyati



Kamerunda tugʻilgan, lekin Fransiyada oʻsgan Ibrohim Amadu Fransiyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasining ikkita oʻyinida ishtirok etgan. Shu bilan birgalikda, Ibrohim Amadu 2016-yilda Afrika Millatlar Kubogida oʻynash uchun Kamerunning asosiy jamoasiga taklif qilingan, ammo taklifni rad etgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz