Ibragim Shexich
Ibrohim Šehić (talaffuzi: Ibragim Shexich; 1988-yil 2-sentyabrda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, Superliganing Konyaspor klubi va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati
Šehić Željezničarning yoshlar akademiyasi oʻynagan. 2007-yil 26-may kuni 18 yoshida Orašjega qarshi professional debyut qilgan. 20 yoshida sardor etib tayinlandi va klub tarixidagi eng yosh sardor boʻldi.
2011-yil iyun oyida Turkiyaning Mersin Talim Yurdu jamoasiga oʻtdi.
Qarabağ
2013-yil oktyabr oyida Šehić Ozarbayjonning Qarabağ jamoasiga nomaʼlum toʻlov evaziga oʻtdi. 24-noyabr kuni Bokuning „Ravan“ klubiga qarshi o‘yinda jamoadagi rasmiy debyut uchrashuvini o‘tkazdi. Klub bilan 2014-yilning 7-mayida, liga chempioni bo‘ldi va o‘zining birinchi sovrinini qo‘lga kiritdi.
Dekabr oyida jamoa bilan toʻrt yillik yangi shartnoma imzoladi.
Erzurumspor
2018-yilning iyul oyida Šehić uch yillik shartnoma asosida Erzurumsporga oʻtdi. 24-avgust kuni Rizesporga qarshi o‘yinda jamoa safida debyut qildi va o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
2019-yil may oyida Erzurumspor 1. Ligga tushib ketganiga qaramay, Šehić klubda qolishga qaror qildi va sardor boʻldi.
Konyaspor
2020-yilning avgustida Šehić ikki yillik shartnoma asosida Konyasporga oʻtdi. 19-sentyabr kuni Gençlerbirliğiga qarshi o‘yinda jamoa safida rasman debyut qildi va o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Noyabr oyida klub sardori etib tayinlandi.
2021-yilning noyabrida shartnomasini 2023-yil iyunigacha uzaytirdi.
Xalqaro faoliyati
Šehić bir necha yil davomida Bosniya va Gersegovinaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi boʻlgan.
2010-yilning may oyida Shvetsiya va Germaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga birinchi marta chaqiruv oldi, lekin maydonga tushmadi. 17-noyabrda Slovakiyaga qarshi debyutini oʻtkazdi.
Shaxsiy hayoti
Šehić 2020-yil yanvar oyida Merjemga uylandi. Esma ismli qizlari bor.
Šehić musulmon; terma jamoadagi jamoadoshlari Muhamed Bešić, Armin Hodžić, Izet Hajrović, Sead Kolašinac, Edin Višća va Ervin Zukanović bilan birga terma jamoa konsentratsiyasi vaqtida Zenitsadagi masjidga tashrif buyurishgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
13-noyabr, 2022-yil[20]
Xalqaro
23-sentyabr, 2022-yil[21]
Yutuqlari
Željezničar Qarabağ Manbalar
uz.wikipedia.org