Ibodulla Narziqulov




Ibodulla Qosimovich Narziqulov (tojikcha: Ибодулло Қосимович Нарзиқулов; 1909-yil 12-noyabr Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi – 1974-yil 2-aprel, Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR) – sovet iqtisodchi olimi, Tojikiston SSR Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari.

Biografiyasi



Ibodulla Qosimovich Narziqulov 1909-yil 12-noyabrda Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. Shu yerda oʻrta taʼlimni olgach, 1931-yil Leningrad sanoat qurilishi institutiga qabul qilinadi. 1935-yilda esa muvaffaqiyatli tamomlaydi. Ibodulla Narziqulov 1950-yil iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga, 1968-yil professor ilmiy darajasiga erishdi. Ibodulla Narziqulov 1941-yildan 1943-yilgacha Tojikiston SSR Vazirlar Mahkamasi raisining yordamchisi lavozimida ishladi. 1943-yildan 1946-yilgacha Tojikiston SSR Davlat plan qoʻmitasi raisi sifatida ishladi. U 1950-yildan 1951-yilgacha SSSR Fanlar akademiyasi Tojikiston boʻlimi raisining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritdi. 1951-yildan 1953-yilgacha Tojikiston SSR Fanlar akademiyasida ijtimoiy fanlar boʻlimi akademigi lavozimida xizmat qildi. 1954-yildan 1956-yilgacha Tojikiston davlat universiteti rektori lavozimida ishladi. Ibodulla Narziqulov 1956-yildan 1957-yilgacha Tojikiston SSR Vazirlar Mahkamasi raisining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritdi. 1957-yilda Tojikiston SSR Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti etib tayinlandi. U bu lavozimda 1966-yilgacha ishladi. Shu orada u
1964-yili „Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ darajasiga erishgan. Ibodulla Narziqulov 1966-yildan 1968-yilgacha Tojikiston SSR Fanlar akademiyasi prezidenti lavozimida ishladi. Ibodulla Narziqulov 1973-yil nafaqaga chiqadi. U 1974-yil 2-noyabrda hozirgi Tojikiston Respublikasiga qarashli boʻlgan Dushanbe shahrida vafot etadi.

Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz