IBN TUFAYL ABU BAKR MUHAMMAD IBN ABDULMALIK
IBN TUFAYL ABU BAKR MUHAMMAD IBN ABDULMALIK (taxminan 1110-1185) — Arab yozuvchisi, davlat arbobi, tabib. Granada (Andalusiya) va Marokashda yashagan. U hokim Abdulmo’min (1130— 63) ning shaxsiy kotibi, xalifa Yusuf (1163-84) ning vaziri va tabibi bo’lgan. “Hayy ibn Yaqzon” (“Yaqzon o’g’li Hayy”) kitobi o’rta asr falsafasi va Arab mumtoz adabiyotining Nodir yodgorligidir. Asar dastlab lotin tiliga, so’ngra Yevropa va ba’zi Sharq tillariga tarjima qilingan. D. Defoning “Robinzon Kruzo” romani bilan Ibn Tufayl asari syujetida umumiy o’xshashliklar mavjud.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz