IBN SAUD (SA’UD) ABDULAZIZ IBN ABDURRAHMON ALFAYSAL AS-SA’UD
IBN SAUD (SA’UD) ABDULAZIZ IBN ABDURRAHMON ALFAYSAL AS-SA’UD (1880.24.10, ar-Riyoz – 1953.9.10, at-Toif) — Saudiya Arabistoni qiroli (1932— 53). Saudiylar sulolasidan. Markazlashgan mustabid davlat tuzishga intilgan. 1902-27 yillarda Najd amiri. Arabiston yarim orolidagi Shammar amirligi, Hijoz qirolligi, shuningdek, Turkiya bilan urushlar olib borgan. Ibn Saudning Hijoz bilan olib borgan urushi (1924-25) uning g’alabasi bilan tugagan. Hijoz, Najd va Birlashgan viloyatlar davlati qiroli (1927-32). Arabiston yarim orolida Ibn Saud tuzgan markazlashgan davlat 1932 yildan Saudiya Arabistoni deb atala boshladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz