Ibn Saud Abdulaziz ibn Abdurrahmon al-Faysal as-Saʼud
Abdulaziz ibn Abdurrahmon Al Faysal as-Saud (1880.24.10, ar-Riyoz - 1953.9.10, at-Toif) — Saudiya Arabistoni qiroli (1932—53). Saudiylar sulolasidan. Markazlashgan mustabid davlat tuzishga intilgan. 1902—27 yillarda Najd amiri. Arabiston yarim oroldagi Shammar amirligi, Hijoz qirolligi, shuningdek, Turkiya bilan urushlar olib borgan. I. S.ning Hijoz bilan olib borgan urushi (1924—25) uning gʻalabasi bilan tugagan. Hijoz, Najd va birlashgan viloyatlar davlati qiroli (1927—32). Arabiston yarim orolda I. S. tuzgan markazlashgan davlat 1932-yildan Saudiya Arabistoni deb atala boshladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org