Ibn Rozin Tujibiy
Ibn Rozin Tujibiy XIII asrda yashagan andalusiyalik musulmon olim boʻlib, oʻsha davrdan bugungacha salqanib qolgan ikkita pazandachilik kitobidan birini aynan u yozgan.
Tujibiy 1227-yildaMursiyada yashovchi badavlat olimlar oilasida tug‘ilgan. Ispaniyaning xristianlar tarafidan qayta bosib olinishi koʻplab musulmon oilalarini, shu jumladan Tujibiylar oilasini ham qochib ketishga majbur qilgan. 1247-yilda oila Bejaiyada (hozirgi Jazoirda) qoʻnim topadi. 1259-yilga kelib Tujibiy Tunisga koʻchib oʻtgan.
Tujibiy koʻplab kitoblar yozgan boʻlsa-da, faqat
“Fizolat al-xivon fi tayyibot at-taom val-alvon” asarigina saqlanib qolgan. Asar taxminan 1260-yilda Tunisda yozilgan.
Asar Tujibiyning Andalus pazandachilik madaniyatidan olingan retseptlaridan iborat boʻlib, unga musulmon, nasroniy va yahudiylar taomlari kiritilgan. 2018-yildaBritaniya kutubxonasida tasodifan topilmaguncha, asarning toʻliq nusxasi qolmagan deb hisoblanar edi.Bink Hallum (Britaniya kutubxonasi) topilmaning ahamiyatini tushungan pazandachilik tarixchisi Naval Nasrullohdan maslahat soʻragan. Naval Nasrulloh o‘shandan boshlab kitobni ingliz tiliga tarjima qilishga kirishgan va tarjima 2021-yilda nashr etilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org