Ibn Miskavayh




Ibn Miskavayh Abu Ali Ibn Muhammad (? — 1030) — arabnavis tarixchi, faylasuf, adib va tabib. Umumjahon tarixiga oid "Kitob tajorib al-umam" ("Xalqlar tajribalari kito-bi") nomli asar yozgan. Unda jahon xalqlari, jumladan arablarning 10-asr 80-yillariga kadar tarixi bayon qilingan boʻlib, asarning soʻnggi qismida Arab xalifaligining 10-asr dagi ijti-moiy-iqtisodiy hayoti haqida qimmatli maʼlumotlar bor. Ilmi axlok va hikmatga doir "Kitob at-tahora" ("Tahorat kitobi"), "Tahziyb al-axloq" ("Axloqni tuzatish") nomli asarlar ham I. M. kalamiga mansub. U arab, fors, hind va yunon donishmandlari aytgan hikmatlar toʻplamini ham tuzgan. I. M. asarlari taʼsirida islom dunyosida oʻnlab axloqiy-didaktik asarlar (jumladan, Nasriddin Tusiyning "Axloqi Nasriy") yozilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz