Ibn Hurdodbeh




Ibn Hurdodbeh Abulqosim Ubaydulloh Ibn Abdulloh (820-913) — geograf va tarixchi. Eronda tugʻilgan, Bagʻdodda maʼlumot olgan.

Jibal viloyati (Eronning shimoli-gʻarbida) aloqa mahkamasi boshligʻi vazifasida ishlagan. Musiqa, tarix, meteorologiya, pazandachilikdan ham xabardor boʻlgan. I. X. ning arabcha bizgacha yetib kelgan ilk geografik bayoniy uslubdagi „Kitob almasolik va-l-mamolik“ („Yoʻllar va mamlakatlar haqida kitob“) asarida, jumladan, Kaspiy dengizi boʻyidan to Gʻarbiy va Sha-rqiy Turkistongacha boʻlgan hududdagi mamlakatlar va ularning aholisi, shaharlar orasidagi masofa, yoʻllar, aholidan olinadigan soliqlar haqida muhim maʼlumotlar bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz