Ibn Hojar al-Asqaloniy




Ibn Hojar al-Asqaloniy yoki Ibn Hojar ( arabcha: ابن حجر العسقلاني , toʻliq ismi: Shihobud-Din Abul-Faxil Ahmad ibn Nurud-Din Ali ibn Muhammad ibn Xajar al-Asqaloniy al-Kinoniy ). Hijriy 1372 yil –yil 18-fevralda tavallud topgan. Hadis ilmining olimi, fiqh, tafsir ulamosi hisoblanadi. U hadis, tarix, tarjimai hol, tafsir sheʼr va Shofeʼiy fiqhiga oid 150 ga yaqin asar muallifi boʻlib, ulardan eng mashxuri “Sahih al-Buxoriy ” sharxi berilgan “ Fath al-Boriy ” nomli asaridir.

Yoshlik yillari



U 1372-yilda Qohiradagi shofe'iy olimi va shoir Nur ad-Din Alining oilasida tug'ilgan. Uning ota-onasi asli Ashkelondan bo'lib, Iskandariyadan ko'chib kelishgan ( arabcha: عَسْقَلَان , Asqalan ). Ibn Hojarning ota-onasi go‘daklik vaqtida vafot etishgan. U va uning singlisi Sitt ar-Rakb otasining birinchi xotini va akasi Zaki ad-Din al-Xarrubiyning qaramog‘ida qolishadi. Ibn Hojar 5 yoshidan Qur’on ilmiga o‘qishga kirishgan. 7 yoshidaMaryam surasini bir kunda o‘rganib atrofidagi olimlarni lol qoldiradi, 9 yoshida Qur’onni to‘liq hifz qiladi. U Ibn al-Hojibning fiqh asoslariga oid asarining qisqartirilgan sharxi matnlarini yod olishni boshlaydi.

Ilm yo'li



U 12 yoshida al-Xarrubiy bilan Makkaga jo'nab ketadi, u yerda katta olimlar qatorida Ramazon oyida o'qiladigan tarovih namozini o'qiydi .1386-yilda uning vasiysi vafot etgach, Ibn Hojarning Misrdagi ta’limi muhaddis Shams ad-Din ibn al-Qatton zimmasiga yuklanadi va uni Sirojuddin al -Bulqiniyning(vaf. 1404) fiqh kurslariga o‘qishga kiradi. Shofe’iy fiqhidan al- Mulaqqin (vaf. 1402), hadisdan Zayniddin al-Iroqiy (vaf. 1404) kabi islomning katta ulamolaridan dars oladi. Shundan so’ng Shamsud-Din al-Qalqashandiy (vafoti 1402)dan ilm olish uchun Damashq va Quddusga boradi. U yerda Badriddin al-Balisiy (vaf. 1401) va Fotima binti al-Manja at-Tanuxiya (vaf. 1401) bilan ilm halqalarida ilm oladi. Makka, Madina va Yamanga safar qilgandan keyin Misrga qaytib keladi.

Suyutiy: «U zot yod olishda Zahabiy darajasiga yetish niyatida zamzam suvini ichgan va bu ishni uddalagan, hatto undan ham oshib ketgan» deganlar.

Shaxsiy hayoti



Ibn Hojar 1397-yil 25 yoshida Olimi ulamo, as-Saxaviydan dars bergan katta olim Abdurahim al-Iroqiydan ijoza oladi, keyinchalik uning qizi Unus Xotun bilan turmush quradi.

Lavozimlari



Ibn Hojar bir necha bor Misrda bosh qozi ( qozi ) lavozimiga tayinlangan.

Vafoti



Ibn Hojar 852-yil zulhijjaning 8 kuni (1449 yil 2 fevral)xuftondan keyin 79 yoshida vafot etadi. Uning Qohiradagi dafn marosimida 50 000 ga yaqin odam, jumladan Sulton Sayfud-Din Jaqmaq (milodiy 1373–1453) va Qohira xalifasi Al-Mustakfiy II ham qatnashishadi.

Faoliyati



Ibn Hojar hadis, hadis terminologiyasi, biografik baho, tarix, tafsir, sheʼriyat va Shofeʼiy fiqhiga oid150 ga yaqin asarlar yozgan.

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz