Ibn Farid
IBN FARID, Sharafiddin Umar ibn Ali Abu Hafs (yoxud Abul Qosim) al-Misriy as-Saʼdiy
(1181-1235) — yirik arab mutasavvif shoiri. Qohirada, Xama sh. (Suriya)dan bo‘lgan
mol-mulkni taqsimlash bo‘yicha vakil (farid) oilasida tug‘ilgan, laqabi — Ibn al-Farid
shundan. Yoshligidan otasi diniy ilmlarni o‘rgatgan. Ibn Asokir va al-Munziriydan hadis
ilmidan saboq olgan. Oʻsmirlik chog‘idanoq I. F. odamlardan xoli bo‘lib yashashni
yoqtirgan, otasining roziligi bilan al-Muqattam tog‘iga borib uzoq vaqt yolg‘izlikda
yashagan. 15 yilga yaqin Hijozda yashab, aksariyat asarlarini o‘sha yerda yozgan.
Qohiraga qaytgan I. F. valiy sifatida kutib olingan. I. F. al-Azhar masjididan qo‘nim
topgan, uni boylar va kambag‘allar ziyorat qilishgan. I.F, vafotidan so‘ng uning alMuqattam tog‘idagi qabri ziyoratgohga aylangan.
I. F. tasavvufga oid 2 mashhur qasida — „al-Xamriya“ va „Nazm as-suluk“ (uni ko‘pincha
„at-Taʼiya al-Kubro“ deb atashadi) muallifi bo‘lgan
Adabiyotlar
ISLOM ENSIKLOPEDIYASI „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“
Davlat ilmiy nashriyoti, 2004
uz.wikipedia.org