Ibn Dovud




Ibn Dovud , Avraam (taxminan 1100, Toledo — taxminan 1180, Kordova) — yahudiy tarixchisi va faylasufi. "Al-aqidat urrafiʼa" ("Yuksak imon") asarida davrining taraqqiyparvar gʻoyalarini ilgari surdi va Ibn Sino asarlari taʼsirida Ibn Jebirol neoplatonizmiga qarshi chiqdi. I. D. ning falsafiy qarashlarida materialistik fikrlar bilan birga diniy aqidalarga ishonish ham bor. Jumladan, I. D. Bibliyaning dunyo yoʻklikdan, hech narsadan Xudo tomonidan yaratilgan degan fikrini himoya qildi. I. D. fatalizmni inkor etdi va inson irodasi erkinligi toʻgʻrisidagi taʼlimotni ishlab chiqdi. I. D. oʻrta asr taraqqiyparvar mutafakkirlari ijodiga katta taʼsir koʻrsatdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz