Ibn Daqiq al-Iyd
Ibn Daqiq al-Iyd (arab. ابن دقيق العيد; 1228–1302), Arabistonning Yanbu shahrida arab qabilalaridan Banu Qushayrda tug‘ilgan. U islom fiqhi va aqidasi asoslari bo‘yicha buyuk musulmon olimlardan biri va shofe’iy maktabida nufuzli shaxs sanaladi. Ibn Daqiq al-Iyd ustozi Ibn Abdussalomning qo‘li ostida shofe’iy fiqhini o‘rgangan bo‘lsa-da, u molikiy fiqhida ham yetuk olim edi. U Misrda shofe’iy mazhabining bosh qozisi bo‘lib xizmat qilgan. Ibn Daqiq al-Iyd Zahabiy, Nuvayriy va keyingi avlodning boshqa yetakchi olimlariga hadis ilmidan saboq bergan. Ibn Daqiq juda ko‘p kitoblar yozgan, ammo uning Navaviy qirq hadisiga yozgan sharhi eng mashhuri bo‘lgan. Bu asarda u Navaviy tuzgan va “al-Arba’in an-Navaviyya” deb nomlanuvchi qirqta hadisni sharhlagan. Uning sharhi shu qadar mashhur bo‘ladiki, Ibn Daqiqdan iqtibos keltirmasdan qirq hadis haqida jiddiy kitob yozish har qanday olim uchun deyarli imkonsiz bo‘lib qoladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org