Ibn Bobuya




IBN BOBUYA ash-Shayx as-Soduq Muhammad ibn Ali Abu Jaʼfar al-Qummiy (? — 991) -
shialarning mashhur ilohiyotchi olimi, faqih; shia rivoyatlari bilimdoni, imomiylar
(jaʼfariylar) huquqini ilk bor ishlab chiqqanlardan. Yoshlik chog‘idayoq Xurosonda shia
rivoyatlarini bilishda unga teng keladigan kishi bo‘lmagan. 965-yilda u Bag‘dodga kelib,
Buvayhiylar bilan yaqinlashgan va faol tashviqot ishlarini boshlagan. IBN BOBYA Ray shahrida vafot
etgan. IBN Bobuya 200 ga yaqin asar yozgan, shundan 20 tasi saqlanib qolgan. Asosiy asarlari -
„Man la yahduruhu al-faqih“ — 4 rivoyatlar to‘plami (al-usul ar-arbaʼ)dan biri shialikdagi
imomiylar fiqhi bo‘yicha eng eʼtiborli asar hisoblanadi

Adabiyotlar



ISLOM ENSIKLOPEDIYASI „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“
Davlat ilmiy nashriyoti, 2004

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz