Ibn al-faradi
Ibnul Faraziy -nomi bilan mashhur bo‘lgan Abul-Valid Abdulloh ibn Muhammad ibn Yusuf ibn Nasr ibnul Faraziy al-Azdiy al-Qurtubiy, (21-dekabr, 962-yil – 20-aprel, 1013-yil) andalusiyalik tarixchi boʻlib, asosan oʻzining Andalus ulamolari haqidagi “Tarix ulamo al-Andalus” asari bilan tanilgan. U faqih va muhaddis edi.
Ibnul Faraziy diniy ilmlar boʻyicha oʻqishni ona shahri Kordovada boshlagan va Toledo, Ecija va Madina-Sidoniyada tahsilini davom ettirgan. Uning ko‘plab taniqli ustozlari orasida Ibn Avnulloh (vaf. 988), Abu Abdulloh ibn Mufarrij (vaf. 990), Abdulloh ibn Qosim Sag’riy (vaf. 993) va Abu Zakariya ibn Oiz (vaf. 985) bor edi . 990-yillar boshida u Sharqqa sayohat qilib, Qayravon, Qohira, Makka va Madinada oʻqishni davom ettiradi. Andalusga qaytib kelganida, Ibnul Faraziy Valensiyaga qozi etib tayinlanadi. Uning bir qancha shogirdlari bo‘lgan. Ibn Hayyon, Ibn Abdulbarr va Ibn Hazm shular jumlasidan. Ibnul Faraziy 1013-yil 20-aprelda fitna davrida Kordovada o‘ldirilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org