IBN AL-ASIR IZZUDDIN ABULHASAN ALI



IBN AL-ASIR IZZUDDIN ABULHASAN ALI (1160, Jazirat ibn Umar, Suriya — 1234, Mosul) — Arab tarixchisi. Iroqning Mosul va Bag’dod shaharlari madrasalarida tahsil ko’rgan, so’ng ilm talabida Shom (Suriya) ga safar qilgan. U yerdan qaytgach, butun umrini uzlatda tarixga doir asarlar yozish bilan o’tkazgan. Eng yirik va muhim asari — “Alkomil Fit- ta’rix” (Tarix bo’yicha mukammal asar”) bo’lib, u 12 jilddan iborat. Unda Islom olamida insoniyat tarixining ilk davrlaridan 1230 yilgacha bo’lgan voqealar, xususan, Huroson va Movarounnahrning 12-asr va 13-asrning 1-choragidagi tarixi yilma-yil bayon qilingan. Asarning mo’g’ullar istilosiga bag’ishlangan so’nggi jildlari qimmatli manba hisoblanadi. Bu asarning tanqidiy mat ni Leyden (1851-76) va Misr (1873) da nashr etilgan. Ogahiy uni o’zbek tiliga tarjima qilgan. Ibn al-Asir “Tarix atabikat al-Mavsil” (“Mosul Otabeklari tarixi”), “USD ulg’oba fiy ma’rifat ahvol is-sahoba” (“sahobalar ahvolini bilish xususidagi o’rmon sherlari yanglig’ qudratli kitob”) nomli asarlar ham yaratgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz