Ibage




Ibage — Kolumbiyaning markaziy qismidagi shahar. Markaziy Kordilyera togʻlarining sharqiy yon bagʻrida. Tolima departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 347 ming kishidan ziyod (1990-yillar oxirlari). Temir yoʻl va avtomobil yoʻli orqali Xirardotdagi aeroport va Bogota sh. bilan bogʻlangan. Kofe, sholi, tamaki, chorvachilik mahsulotlari yetishtiriladigan rayonning savdo markazi. Oziqovqat sanoati korxonalari, universitet bor. Hunarmandchilikda teridan turli buyumlar ishlab chikariladi. Shaharga 1550-yil da asos solingan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz