Iajuddin Ahmed




Iajuddin Ahmed — Bangladesh davlat arbobi. Dakka universiteti (1954), AQShda Viskonsin universiteti (1958)ni tugatgan. Tuproqshunoslik fanlari doktori. 1963-yildan Dakka universitetining tuproqshunoslik fakulteti prof. yordamchisi, 1964-yildan prof. oʻrinbosari, 1973-yildan prof. 1968— 69 va 1976—79 yillarda Dakka universiteti tuproqshunoslik fanlari departamenti raisi, 1989—91 yillarda universitet biologiya fakulteti dekani. 1991-yildan Bangladesh muvaqqat hukumati maslahatchisi, Ijtimoiy xizmatlar komissiyasi ra isi, 1995-yildan Universitet grantlari komissiyasi raisi, 1999-yildan Bangladesh universiteti rektori. 2003-yil Fevraldan 2009-yil fevralgacha Bangladesh Xalq Respublikasi prezidenti. Bir qancha xorijiy universitetlar faxriy prof.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz