I (kirill)




И, и — oʻzbek kirill alifbosining oʻninchi harfi. Til oldi, lablashmagan, tor unli tovush. Tilning boʻylama holatiga koʻra old qator hamda orqa qator i turlariga ega (bu hol imloda aks etmagan). Yumshoq oʻzaklar bilan kelganda (siz, til, kishi, yirik) ochiq va yopiq boʻgʻinlarda til oldi turi; qattiq oʻzaklarda, xususan, chuqur til orqa undoshlar bilan kelganda til orqa turi qoʻllanadi. Bu fonema soʻzning turli oʻrinlarida kela oladi. Turkiy xalqlar, shu jumladan oʻzbek xalqi uchun umumiy boʻlgan yozuvlarda I harfi oʻziga xos shaklda boʻlgan. Ular quyida keltirildi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz