Hyun Jyu-ni
Hyun Jyu-ni (1985-yil 1-avgustda tugʻilgan), ilgari
Juni yoki
Ju-an sahna nomlari bilan tanilgan — janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa.
Faoliyati
Hyun Jyu-ni 2008-yilda „Overstep“ albomini chiqargan toʻrt aʼzodan iborat „BellaMafia“ qizlar rok guruhining aʼzosi sifatida sahnada debyut qilgan. Televideniye rejissyori Lee Jae-kyoo uni „Bandits“ musiqiy filmida koʻrib qolib oʻzining „Beethoven Virus“ teleserialida fleytachi rolini ijro etishga taklif qilgan. Hyun yoshligidan nay chalgan va avvallari Seul yoshlar orkestrining aʼzosi boʻlgan, keyin aktyorlik faoliyatiga oʻtgan, „Take Off“ filmida Yanbianlik homilador yosh qiz, „IRIS“ filmida xaker, „Love 911“ filmida oʻt oʻchiruvchi, shuningdek „Sky“ filmida rok-guruh vokalisti sifatida bosh rollarni ijro etgan. Uning eng mashhur rollaridan biri 2010-yilda suratga olingan „I Am Legend“ filmidagi yolgʻiz ona obrazi boʻlgan. Hyun Jyu-ni 2010-yilda suratga olingan „Juni & Ah-minʼs Single Life“ dramasida maxsus ko`rinishda rol ijro etgan.
Hyun 2020-yilda o‘z faoliyatida ilk marta SBS telekanalida efirga uzatilgan 120-qismli „Mom Has an Affair“ dramasida bosh rolda suratga tushgan. 2021-yilda TVN telekanalida efirga uzatilgan „MAMADOL“ ko‘rsatuvi ishtirokchilaridan biriga aylangan. 2022-yil 14-yanvarda „Mama The Idol“ koʻrsatuvida ishtirok etgan.
Shaxsiy hayoti
Hyun 2012-yil 13-dekabrda Guamda o‘tkazilgan toʻy marosimida tadbirkorga turmushga chiqqan. Hyun 2013-yil 30-iyulda birinchi farzandi, o‘g‘lini dunyoga keltirgan.
Filmografiyasi
Teleserial
Film
Manbalar
uz.wikipedia.org